AsosiyDunyo

Internetdan foydalanuvchilar gigabaytlar uchun soliq sabab namoyish o`tkazishdi

“Internet to`g`risida”gi yangi qonun loyihasi sabab Budapeshtda bo`lib o`tgan norozilik mitingi janjal bilan tugadi. Aksiya 26 oktyabr kuni bo`lib o`tdi. U erga internetdan yuklab olingan axborot uchun pul to`lashni istamayotganlar to`plandi.

Vengriya hukumati har bir foydalanilgan gigabayt uchun maxsus soliq qiymatini belgilashni rejalashtirmoqda. Bu taxminan 50 evrosentni tashkil etadi. O`z navbatida bu qoida foydalanuvchilarga yoqmadi, chunki shusiz ham tekin bo`lishi mumkin bo`lgan axborot yoki ma`lumot uchun to`lashni talab qilishmoqda.

Iqtisodiyot vazirligi oldida boshlangan namoyish oldiniga tinch edi, biroq keyinchalik bir necha yuz kishi partiya binosi tomon yurdi. Binodan kompyuter detallari, hattoki noutbuklar uchib chiqa boshladi. Norozilar barcha oynalarni sindirishdi. "Rossiya 24" telekanali xabariga ko`ra, vaziyatga polisiya aralashgan, ular bilan bo`lgan to`qnashuvda norozilar guruhining boshliqlari qochib ketishgan.

    Boshqa yangiliklar