O`zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan imzolangan hujjatga asosan ikkita yirik mahalliy qishloq xo`jaligi mashinasozlik korxonalari–“Toshkent traktor zavodi” va “Chirchikselmash” yopiladi. Ularning negizida “Toshkent qishloq xo`jaligi texnikasi zavodi” va “Chirchiq qishloq xo`jaligi texnikasi zavodi” yaratiladi. Bu haqida podrobno.uz xabar beradi.
Birinchisi traktor, tirkama va paxta terish mashinalarini ishlab chiqarish bilan, ikkinchisi zamonaviy navesli va tirkamali qishloq xo`jaligi texnikasini ishlab chiqarish bilan shug`ullanadi. “Agregat zavodi” “Chirchiq qishloq xo`jaligi texnikasi zavodi”ga o`z texnologiyalarining bir qismi va ishlab chiqarilayotgan maxsulot nomenklaturasini beradi. Endilikda “Agregat zavodi”da faqatgina qishloq xo`jaligi texnikasi uchun komponent va extiyot qismlari ishlab chiqariladi.





