AsosiyJamiyat

Lotin alifbosida besh jildlik O`zbek tilining izohli lug`ati chiqariladi

O`zbek filologlari besh jildlik O`zbek tilining izohli lug`atini lotin alifbosida chop etishga tayyorgarlik ko`rishmoqda. Bu haqida A.Navoiy nomidagi tila va adabiyot instituti direktori N.Mahmudov e`lon qildi, deya xabar beradi 12news.uz.

Uning aytishicha, mustaqillik yillarida o`zbek tilidan foydalanish jabhalari yanada kengaydi. Tilimiz maxsus atama va tushunchalardan foydalanuvchi axborot-kommunikasiya, kompyuter texnologiyalari va internet, aniq fanlar, tibbiyot, iqtisodiyot va boshqa sohalarni qamrab olayotganligi barchamizni xursand qilmoqda.

Shuning uchun ham besh tomlik O`zbek tilining izohli lug`ati o`quvchilar uchun arzirli sovg`a bo`ladi. Lug`at tarkibidan zamonaviy adabiy tilda qo`llaniluvchi 80 mingdan ortiq so`zlar o`rin olgan, - deydi Mahmudov.

    Boshqa yangiliklar