Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) va O`zbekiston yosh fermerlari Kengashi o`rtasidagi kelishuvga asosan, bir guruh o`zbekistonlik yosh fermerlar Yaponiyaning Xokkaydo shahrida shu yilning 24-oktyabridan 4-dekabriga qadar «Agrar sohada kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish» mavzusidagi o`quv-seminarda ishtirok etadi.
Bu haqda O`zbekiston yosh fermerlari Kengashi matbuot xizmati xabar qildi.
O`quv seminari MDH, xususan, Markaziy Osiyodagi fermerlar uchun tashkil etiladi.
Unda ko`p tarmoqli fermer xo`jaliklarini rivojlantirishda innovasion texnologiyalarning ahamiyati, mahsulot eksporti, tashqi bozor bilan aloqalarni yo`lga qo`yish kabi mavzularda xalqaro mutaxassislar o`z taqdimotlari bilan qatnashadilar.
Mazkur o`quv-seminari joriy yil hisobidan uchinchi bor tashkil etilmoqda. Rejaga asosan, unda Surxondaryo va Toshkent viloyatining bir guruh yosh fermerlari qatnashadi.
O`zbekistonlik yosh fermerlar kecha, tunda Yaponiyaga jo`nab ketishdi.






