Buxoro viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasidan olingan ma`lumotga asosan, joriy yilning 22 oktyabr kuni Buxoroda mudhish YTH sodir bo`lgan.
Qayd etilishicha, soat 12:00larda Jondor tumani Gazli hududidan o`tuvchi A-380 avtomobil yo`lining 333 km.da harakatlanib ketayotgan «Lasetti» rusumli avtomobil boshqaruvni yo`qotib, shu yo`nalishda harakatlanib ketayotgan «Isuzi» rusumli yuk mashinasining orqa tomoniga kelib urilgan. To`qnashuv natijasida «Lasetti» avtomobilida yong`in chiqib, mashina ichidagi 4 nafar fuqaro vafot etgan.
Sodir bo`lgan YTH yuzasidan dastlabki tergovoldi tekshiruv ishlari olib borilmoqda.






