AsosiyJamiyat

Yangi aksiya: imtiyozli avtokreditga 4700 dona mashina qo`yildi

'Yangi aksiya: imtiyozli avtokreditga 4700 dona mashina qo`yildi'ning rasmi

«GM Uzbekistan» AJ hamda «InfinBANK» ATB hamkorligidagi aksiya davom etishi ma`lum qilindi.

Kompaniya matbuot xizmati xabariga ko`ra, o`tkazilayotgan aksiyaga iste`molchilarning yuqori talabi va qiziqishini inobatga olgan holda, imtiyozli kredit shartlarida taqdim etiladigan avtomobillarning soni 4700 donagacha, modellar qatori esa — 3 pozisiyagacha oshirildi. Endilikda sizda quyidagi avtomobillarni xarid qilish imkoni paydo bo`ldi:

  • LACETTI CDX A/T (3 poz.) avtomobili 500 dona.
  • NEXIA 3 LTZ A/T (4 poz.) avtomobili 500 dona.
  • SPARK LT M/T (2 poz.) avtomobili 3700 dona.

Imtiyozli avtokreditni «InfinBANK» ATBning barcha filiallarida quyidagi shartlarda rasmiylashtirish mumkin:

1) 20% dastlabki to`lov amalga oshirilganda — 5 yilgacha, yillik 24%

2) 30% dastlabki to`lov amalga oshirilganda — 3 yilgacha, yillik 22%

3) 50% dastlabki to`lov amalga oshirilganda — 2 yilgacha, yillik 21%

4) 60% dastlabki to`lov amalga oshirilganda — 15-oygacha, yillik 20%

Aksiya 2018 yilning 23 oktyabridan boshlanadi. 23 dan 27 oktyabriga qadar besh kun davomida faqatgina hujjatlarni qabul qilish va o`rganish amalga oshiriladi, 27 oktyabrdan esa avtokreditlash boshlanadi.

Aksiyada ishtirok etayotgan avtomobillar qoldig`i bilan kunlik tarzda «InfinBANK» ATBning rasmiy saytidan ma`lumot olishingiz mumkin.

Eslatib o`tamiz, sizdan turli vajlarda imtiyozli avtokredit rasmiylashtirish uchun qo`shimcha mablag` undirish hollari yuzaga kelganda kompaniyaning Call-markaziga 71-141-77-77 raqamlari yohud O`zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining 10-07 qisqa raqamlariga murojaat qilishingiz mumkin.

    Boshqa yangiliklar