AsosiyJamiyat

Adliya vazirligi va "Gazprombank" AJ o`rtasida hamkorlik to`g`risidagi bitim imzolandi

'Adliya vazirligi va "Gazprombank" AJ o`rtasida hamkorlik to`g`risidagi bitim imzolandi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va “Gazprombank” AJ o`rtasida hamkorlik to`g`risidagi bitim imzolandi.

Vazirlikning Jamoatchilik bilan aloqalar bo`limi tomonidan ma`lum qilinishicha, mazkur bitim xorijiy sarmoyalar, xalqaro loyihalarni moliyalashtirish va davlat xususiy sherikchiligi sohalarida O`zbekiston qonunchiligini takomillashtirish doirasida vazirlikka ekspert-maslahat xizmatlari ko`rsatish, jumladan, ishlab chiqilayotgan qonun loyihalari va amaldagi qonunchilikka o`zgartirishlar kiritish bo`yicha ekspert fikri taqdim etishni ko`zda tutadi.

Bundan tashqari, tomonlarning O`zbekistonda xorijiy sarmoyalar, xalqaro loyihalashtirishni moliyalashtirish va DXSh sohalaridagi yuridik kadrlarni o`qitish va malakasini oshirishga qaratilgan hamkorligini ko`zda tutadi.

Ushbu sohalarda bank tomonidan Adliya vazirligiga ekspert va konsultativ xizmatlarni takdim etish xorijiy sarmoyalar, xalqaro loyihalashtirishni moliyalashtirish, DXSh mexanizmlari hamda xorijiy investisiyalar jalb kilishning boshqa shakllari asosida O`zbekiston qonunchiligini takomillashtirishga xizmat qiladi.

    Boshqa yangiliklar