AsosiyJamiyat

“Hormang, qalbi daryo paxtakorlar!”

'“Hormang, qalbi daryo paxtakorlar!”'ning rasmi

Bugun mamlakatimiz bo`ylab “oq oltin”imiz bo`lmish paxta yig`im-terimi ayni avji pallasida. Zahmatkash terimchilarimiz eng og`ir va mashaqqatli mehnatga chog`langan holda azmu shijoat ila peshona ter to`kishmoqda.

O`zbekiston Matbuot va axborot agentligi “O`zbekiston” nashriyot-matbaa ijodiy uyi rahbariyati hamda xodimlari, mualliflari tinim bilmas terimchilarni rag`batlantirish va ularga ruhiy dalda berish maqsadida Jizzax viloyati Do`stlik tumani “Abduvosiev TPU” fermer xo`jaligi, Mirzacho`l tumani “Toshkent SFU” fermer xo`jaligi va “Furqat-Alisher” fermer xo`jaligi paxta dalalarida hozir bo`lishdi.

Paxta dalalarida fidoiy terimchilar bilan uchrashuv o`tkazilib, mo``jazgina badiiy tadbir tashkillashtirildi. “O`zbekiston” NMIUda bir nechta kitoblari chop etilgan shoir Axtamquli Karim davrani qizitib, o`zining dilbar she`rlari bilan mehnatkashlarning dilini xushnud ayladi. Hatto jo`shib ketgan shoir shu asno eng shimarib, terimchilarga qo`shilib paxta terishga tushib ketdi.

Yosh shoir Bekmurod Bardosh ham o`zining diltortar she`rlari bilan Axtamquli Karimga jo`r bo`ldi.

Tadbir mobaynida “O`zbekiston” NMIUda nashr etilgan umumiy hisobda 100 nomdagi 400 ga yaqin kitoblar terimchilarga tuhfa etildi.

Qolaversa, nashriyot-matbaa ijodiy uyining “qaynoq tandiri”dan chiqqan kitoblar ham taqdim etildi.

O`zMAA “O`zbekiston” NMIU

Matbuot xizmati

    Boshqa yangiliklar