Quyidagi shaxslar ambulatoriyada davolanishda dori vositalari bilan imtiyozli ta`minlanish huquqiga ega. Adliya vazirligining “ Huquqiy axborot” kanali xabar bermoqda.
- Onkologik kasalliklarga chalinganlar;
- Sil kasalligiga chalinganlar;
- Moxov kasalligiga chalinganlar;
- Endokrinologik kasalliklarga (qandli va qandsiz diabetga) chalinganlar;
- Ruhiy kasalliklarga chalinganlar;
- OIV kasalligini yuqtirganlar;
- Yurak klapanini protezlash va organlarni ko`chirish yuzasidan operasiya qilingan shaxslar;
- O`zgalar parvarishiga muhtoj yolg`iz pensionerlar;
- 1941—1945 yillardagi urush nogironlari va qatnashchilari, shuningdek ularga tenglashtirilgan shaxslar;
- 1941—1945 yillardagi urush mehnat fronti qatnashchilari;
- Chernobil AESidagi halokat oqibatlarini tugatishda qatnashgan — nogiron shaxslar;
- Baynalmilalchi jangchilar;
- Harbiy xizmatni yadro poligonlarida va boshqa radiasiya-yadro ob`ektlarida o`tagan pensiya yoshidagi shaxslar.






