AsosiyJamiyat

Toshkent davlat o`zbek tili va adabiyoti universitetida A.S.Pushkin nomidagi rus tili va madaniyati markazi ochildi

'Toshkent davlat o`zbek tili va adabiyoti universitetida A.S.Pushkin nomidagi rus tili va madaniyati markazi ochildi'ning rasmi

Toshkent davlat o`zbek tili va adabiyoti universitetida A.S.Pushkin nomidagi rus tili va madaniyati markazi ochildi. Bu haqda Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligining matbuot xizmati xabar berdi.

O`zbekiston-Rossiya ta`lim forumi doirasida ikki tomonlama muloqotlar, uchrashuvlar davom etmoqda. Muzokaralar natijasida yangi shartnomalar imzolanib, yangi imkoniyatlar yaratilmoqda.

Bugun Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o`zbek tili va adabiyoti universitetida A.S.Pushkin nomidagi rus tili va madaniyati markazi ochildi.

Markaz Toshkentdagi Rossiya Federasiyasi Fan va madaniyat markazi hamda Toshkent davlat o`zbek tili va adabiyoti universitetining hamkorlikdagi loyihasi hisoblanadi.

Kelgusida bu erda she`riyat kechalari, madaniy uchrashuvlar, seminar-treninglar, mahorat darslari tashkil etish rejalashtirilgan. Qolaversa bu markaz Rossiya oliygohlarida tahsil olish ilinjida bo`lgan yoshlar uchun ham o`z loyihalarini tayyorlamoqda.

    Boshqa yangiliklar