Peru poytaxti Limada minglab insonlar o`tgan haftada qo`lga olingan muxolifat etakchisi Keyko Fuximorini qo`llab-quvatlash maqsadida shahar ko`chalariga chiqishgan, deb xabar qildi Top-nyus nashri.
Namoyishchilar uni ozod etilishini talab qilishmoqda. Ular "Xalq partiyasi"ramzi tushirilgan plakat va bayroqlarni ko`tarib olishgan. Prokuratura Keykoni o`z partiyasi ichida jinoiy guruh tuzgani hamda unga rahbarlik qilganlikda ayblamoqda.






