Tayland va Myanma chegarasida 22 million dona metamfitamin tabletkalari qo`lga tushdi, deb xabar qilmoqda Gazeta.ru nashri.
Polisiya bergan ma`lumotlarga ko`ra, yuk Tayland orqali janubi-sharqiy Osiyo mamlakatlariga jo`natilishi rejalashtirilgan. Molning taxminiy qiymati esa 17 million dollarga teng. Xozirda uni olib o`tishga uringan shaxslar qo`lga olingan hamda holat yuzasidan tergov ishlari olib borilmoqda. Metamfetamin giyohvandlik uchun yuqori potensialga ega bo`lgan psixostimuliyatordir. U giyohvand modda sifatida ham qayd etiladi.






