AQShning Florida shtatida Maykl dovuli hamon davom etmoqda, deb xabar berdi RENtv.ru nashri.
Bu erda minglab uylar turli darajada zarar ko`rgan bo`lsa, yana minglab oilalar elektr tarmog`idan uzilib qolgan. Mamlakat prezidenti Donald Tramp shtatga borib, vaziyat bilan tanishdi. U aholi bilan uchrashib, qanday yordam kerak bo`lsa, barchasini berishga tayyor ekanini ta`kidlagan. Shu vaqtga qadar tabiiy ofat 18 kishining o`limiga sabab bo`lgan.






