Microsoft korporasiyasining asoschi hamkorlaridan biri Pol Allen 65 yoshida vafot etdi, deya xabar berdi TASS nashri.
Ma`lumotlarga ko`ra, Allen uzoq davom etgan saraton kasalligi tufayli hayotdan ko`z yumgan. Avvalroq u nexojkin limfoma (NXL) kasalligidan davolanayotgani xabar qilingandi. Microsoft hamasoschisi 2009 yilda kasallikning rivojlanib ketishi oldini olishga muvaffaq bo`lgan edi.
Ma`lumot uchun, 1975 yilda Bill Geyts va Pol Allen Albukerke shaharchasida Microsoft kompaniyasiga asos solishgan. 1976 yilda Nyu-Mexiko shtatining okrug kotibiyatida yangi savdo belgisi ro`yxatga olingan. Forbes jurnalining 2015 yilgi ma`lumotlariga ko`ra, Allen dunyodagi eng boy odamlar ro`yxatida 51-o`rinni egallagan.






