AsosiyDunyo

Xitoydagi ko`mir konida portlash sodir bo`ldi

'Xitoydagi ko`mir konida portlash sodir bo`ldi'ning rasmi

Xitoyning Chunsin shahrida joylashgan ko`mir konida portlash sodir bo`ldi, deya xabar berdi NTV.ru nashri.

Hodisa ro`y bergan vaqtda ichkarida konchilar bo`lgan. Portlash esa kon og`zini yopib qo`ydi. Oqibatda 5 kishi qurbon bo`lgan hamda yana 4 nafar inson tan jarohati olib, shifoxonalarga etkazilgan. Portlash sabablari hozircha oshkor qilingani yo`q. Biroq uning zarbi natijasida atrofdagi bino oynalari ham singan. Mazkur hodisa yuzasidan tergov ishlari boshlangan.

    Boshqa yangiliklar