AsosiyJamiyat

Barcha tashkilotlarni 5 kunlik ish haftasiga o`tkazish taklif etildi

'Barcha tashkilotlarni  5 kunlik ish haftasiga o`tkazish taklif etildi 'ning rasmi

"Mening fikrim" jamoaviy murojaatlar portalida ish haftasini barcha uchun besh kunlik qilib belgilash haqida petisiya joylashtirildi.

Petisiya muallifi barcha byudjet va nodavlat tashkilotlarni to`liq 5 ish kunidan iborat ish haftasiga o`tkazishni taklif etdi.

Qayd etilishicha, bu amaliyot rivojlangan Evropa va Osiyo mamlakatlarida keng qo`llanilib, o`zining iqtisodiy va ijtimoiy samarasini amalda isbotlagan. Ushbu tizimning afzalliklari:

- ishchilarda qo`shimcha dam olish kunining paydo bo`lishi, ularda dam olishga nisbatan ehtiyojni oshiradi va bu albatta, ichki turizmning rivoji uchun muhim hisoblanadi;

- ishchilarda ishga nisbatan ishtiyoqning oshishi. Olimlarning ta`kidlashicha, 5 kunlik ish kuni ishchilarda qo`shimcha g`ayrat paydo qilar ekan. Ular haftaning birinchi ish kunini barcha uy tashvishlaridan holi, muammolarsiz boshlash imkoniyatiga ega bo`lishadi;

- turmush farovonligining oshishi. Ikki kunlik dam olish ishchi xodimlarda oilasi bilan ko`proq vaqt o`tkazish imkoniyatini yaratib, ularda oilasi bilan dam olish, sayohatlarga chiqish va bola tarbiyasi bilan birgalikda shug`ullanish, uy yumushlarini kamaytirish imkoniyatini yaratadi va bu o`z navbatida, jamiyatimizning asosiy bo`g`ini bo`lgan oilaning mustahkam bo`lishiga qulay imkoniyat yaratadi;

- byudjet tashkilotlari uchun xarajatlarni iqtisod qilish imkoniyati. Turli xil kommunal xarajatlar o`rtacha 15-20% ga qisqaradi. Xodimlar ham qisqartirilgan kunlar hisobiga yo`l va ovqatlanish xarajatlaridan iqtisod qilish imkoniyatiga ega bo`ladi.

“"Shu sababdan respublikamizdagi barcha korxona-tashkilotlarda 5 kunlik ish kunining tashkil qilishni va uning qat`iy ta`minlanishini taklif qilaman", - deb yozadi petisiya muallifi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar