AsosiySport

Ravshan Ermatov Xitoy – Suriya uchrashuvini boshqaradi

'Ravshan Ermatov Xitoy – Suriya uchrashuvini boshqaradi'ning rasmi

Ayni kunlarda milliy terma jamoalar FIFA kunlaridan foydalanib o`rtoqlik o`yinlari o`tkazayotganidan xabaringiz bor. Bugun Xitoy terma jamoasi Nankin shahrida Suriya terma jamoasiga qarshi o`rtoqlik o`yinini o`tkazadi.

Mazkur uchrashuvni hamyurtimiz FIFA referisi Ravshan Ermatov boshchiligidagi hakamlar guruhi boshqarib borishadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 17:00da boshlanadi.

Eslatib o`tamiz, bundan avval, 13 oktyabr kuni Ravshan Ermatov boshchiligidagi hakamlar guruhi Xitoy – Hindiston uchrashuvini boshqarib borgandi. O`sha o`yinda hisob ochilmagan.

    Boshqa yangiliklar