AsosiyJamiyat

Axborot texnologiyalarini rivojlantirish bo`yicha manzilli ro`yxat shakllantiriladi

'Axborot texnologiyalarini rivojlantirish bo`yicha manzilli ro`yxat shakllantiriladi'ning rasmi

Hukumat qarori bilan Axborot-komlmunikasiya texnologiyalarini joriy qilish va rivojlantirish bo`yicha ustuvor loyihalarning hududiy manzilli ro`yxatlarini shakllantirish va moliyalashtirish tartibi to`g`risidagi nizom tasdiqlandi. Bu haqda Adliya vazirligining "Huquqiy axborot" kanali xabar berdi.

Nizomga muvofiq, axborot-kommunikasiya texnologiyalarini rivojlantirish bo`yicha ustuvor loyihalarning manzilli ro`yxatiga quyidagi yo`nalishlardagi loyihalar kiritiladi:

  • aholini sifatli mobil aloqa hamda Internet tarmog`idan keng foydalanishni ta`minlash;
  • sog`liqni saqlash, aholini ijtimoiy himoya qilish, ta`lim, kommunal xizmat ko`rsatish, turizm sohalarida zamonaviy axborot tizimlarini joriy qilish, “aqlli” va “xavfsiz” shaharlar va hududlarni tashkil qilish;
  • innovasion loyihalarni amalga oshirish;
  • olis joylarda elektron davlat xizmatlarini kengaytirish;
  • pochta aloqasi sohasini va pochta aloqasi milliy operatori bo`lgan “O`zbekiston pochtasi” AJ faoliyatini takomillashtirish.

Loyihani ustuvor manzilli ro`yxatga kiritish uchun tashabbuskorning rahbari tomonidan imzolangan va muhri bilan tasdiqlangan loyiha pasporti taqdim etiladi.

Quyidagilar loyihaning ustuvorligini belgilashning asosiy mezonlari hisoblanadi:

  • loyihaning axborotlashtirish sohasidagi davlat siyosatiga muvofiqligi;
  • dasturiy mahsulotlar va axborot tizimlari sohasidagi mahalliy ishlanmalardan foydalanish darajasi;
  • kutiladigan natijalarning ahamiyatliligi va samaradorligi;
  • loyihaning ijtimoiy ahamiyatliligi;
  • loyihani amalga oshirishga tayyorlik darajasi.

Ustuvor loyihalarning hududiy manzilli ro`yxatlari mobil aloqa xizmatlarini ko`rsatadigan yuridik shaxslar tomonidan abonent raqamidan foydalanganlik uchun to`lovdan tushadigan summaning 5 foizigacha bo`lgan miqdordagi mablag`lar hisobidan amalga oshiriladi.

    Boshqa yangiliklar