Xalqaro ob-havo tahlillari bu yilgi kuz boshqa yillarga nisbatan issiq kelganini ko`rsatmoqda.
Evropada kuzning birinchi oyi issiqlik darajasi bo`yicha rekord ko`rsatkichni qayd etdi. Eng yuqori ko`rsatkich Portugaliya va g`arbiy Ispaniyada kuzatildi.
Yaponiyada yil boshida kuzatilgan uzoq davom etgan yog`ingarchilik, er ko`chkilari, suv toshqinlari va rekord darajadagi issiq ob-havodan so`ng ikkita halokatli to`fon mamlakatga jiddiy ziyon etkazdi.
Filippin, Xitoy va Gonkongdagi kuchli tropik iqlim 134 kishining hayotiga zomin bo`ldi.
AQShdagi “Florens”, “Maykl“ to`fonlar esa mamlakatga jiddiy moddiy zarar etkazish bilan birga o`nlab odamlarning o`limiga sabab bo`ldi.
Shu bilan birga, muz qatlami erishi natijasida Arktikada dengiz yo`lining kengayishi kuzatildi. Bu sentyabr oyida Daniya konteyner kemasining birinchi bor shimoliy dengiz tomon harakatlanish imkonini berdi.






