AsosiyDunyo

Rostov-Don shahrida katta palov festivali bo`lib o`tadi

'Rostov-Don shahrida katta palov festivali bo`lib o`tadi'ning rasmi

Rossiyaning Rostov-Don shahrida 26-29 oktyabr kunlari katta palov pazandalik festivali bo`lib o`tadi, deb xabar qilmoqda Sputnik.

Janubiy restoranlar forumi “Menyu Rostov – 2018” doirasida bo`lib o`tayotgan ushbu tadbirda Rostov aholisi va mehmonlarini bir necha kutilmagan sovg`alar kutmoqda. Ular orasida nafaqat xursandchilik bayrami, balkim turli millatlar madaniyati va urf-odatlari namoyishi ham kutmoqda.

Festivalning markaziy taomi – bu o`zbek oshi bo`ladi. Bir necha asrlik tarixga ega bo`lgan ushbu milliy taom haqida ko`plab tarixiy voqealar va afsonalar mavjud. Masalan, Amir Temur o`z askarlarini jang oldidan palov bilan siylagani bu - haqiqat. Abu Ali ibn Sino esa palovdan kuch-quvvatni va ruhni ko`taruvchi vosita sifatida foydalangan.

Bugungi kunda o`zbek palovni butun MDH xalqlari yaxshi bilishadi va sevib iste`mol qilishadi. Ushbu tadbir Rossiyada o`ziga xos rekord o`rnatishi rejalashtirilgan. Tadbir doirasida 1500 kishi uchun osh pishiriladi va bir necha master-klasslar bo`lib o`tadi.

Palov tayyorlashda O`zbekistonlik mashhur oshpazlar hamda “Osiyo” o`zbek madaniy markazi rahbari Qiyomxon Boboev hamda O`zbekiston Bosh oshpazlari assosiasiyasi a`zosi Hamid Umarov ham ishtirok etadi.

Tadbirda ishtirok etish uchun Moskvadan O`zbekiston elchixonasi vakillari ham kelishadi. Milliy taom milliy musiqa sadolari ostida pishiriladi. Tashkilotchilar barchani o`zbek oshi, salat va issiq kulcha non bilan saylashga va`da berishgan.

Osh pishirishga qiziquvchan ishtirokchilar uchun esa alohida tanlov va turli musobaqalar tayyorlashgan. Bosh oshpazlar ularda ushbu festival unutilmas taasurot qoldirishini aytishmoqda.

    Boshqa yangiliklar