AsosiyJamiyat

GM Uzbekistan yana bir avtosalon bilan dilerlik kelishuvini bekor qildi

'GM Uzbekistan yana bir avtosalon bilan dilerlik kelishuvini bekor qildi'ning rasmi

«O`zavtosanoat» AJ monitoring vaqtida aniqlangan qoidabuzarliklar oqibatida GM Uzbekistan AJ «Humo Avtosavdo» MChJ bilan dilerlik kelishuvini bekor qilayotganligini ma`lum qiladi.

Kelishuvning bekor qilinishiga GM Uzbekistan avtomobillari savdosida shaffoflik bo`lmaganligi, kompaniya tomonidan e`lon qilingan aksiyalarining munosib tashkil qilinmaganligi, avtosalon tomonidan kelishuv shartlarining doimiy ravishda buzib kelinganligi, avtosalon faoliyatidagi korrupsiya, avtomobillarni etkazib berishda sun`iy bronlash holatlari, xaridorlarga mavjud avtomobillar xususida noto`g`ri ma`lumotlar taqdim etilganlik, rasmiylashtirishda amalga oshirilgan qonunbuzarlik kabi holatlar sabab bo`ldi. Shuningdek avtosalon tozalik va gigiena talablariga rioya qilmaganligi mijozlarning qulay sharoitlarda avtomobil xarid qilishiga to`sqinlik qilgan.

Kompaniya shu kabi qonunbuzarlik holatlariga yo`l qo`yayotgan dilerlik markazlarini aniqlashda davom etadi.

Eslatib o`tamiz, agar siz dilerlik markazlarida ana shunday qonunga hilof holatlarning guvohi bo`lsangiz yoki sizdan avtomobil uchun qo`shimcha pul talab qilishsa, darhol 71 141 77 77 raqamlari orqali GM Uzbekistan koll-markaziga yoki O`zbekiston Respublikasi Bosh Prokuraturasining 10-07 yagona ishonch raqamlariga murojaat qilishingizni so`raymiz. Barcha qonunga hilof harakatlar alohida nazoratga olingan.

    Boshqa yangiliklar