Kiev meri Vitaliy Klichko o`zining feysbuk sahifasida Ukraina poytaxtiga amerikalik aktyor Arnold Shvarsenegger tashrif buyurganini yozdi, deya xabar bermoqda Gazeta.ru nashri.
Shvarsenegger Kievga biznes-forum yuzasidan kelgan ekan. Klichkoning aytishicha, ikkovlon maza qilib shahar aylanishgan, tushlik qilishgan.
Shvarsenegger Kiev yoqib qolganini va bir kun, albatta, yana kelishini aytgan.






