Davlat statistika qo`mitasi xabariga ko`ra, 2018 yilning yanvar-sentyabr oylarida O`zbekistonda 112,6 mingta o`lim qayd etilgan.
Mos ravishda 1000 aholiga nisbatan o`lim koeffisienti 4,6 promilleni tashkil etdi, 2017 yilning mos davriga nisbatan 0,2 promillega kamaydi (2017 yilning yanvar-sentyabr oylarida 4,8 promille bo`lgan).
2018 yilning yanvar-sentyabr oylarida qayd etilgan:
60,7%i - qon aylanish tizimi kasalliklaridan,
9,5%i - o`simtalardan,
6,3%i - baxtsiz hodisa, zaharlanish va jarohatlanishlardan,
5,5%i - ovqat hazm qilish a`zolari kasalliklaridan,
4,1%i - nafas olish a`zolari kasalliklaridan,
1,5%i - yuqumli va parazitar kasalliklardan,
12,4%i - boshqa kasalliklardan vafot etgan.
Ro`yxatga olingan 1 yoshgacha vafot etgan bolalar soni 5,6 ming nafarni tashkil etadi. Ular:
60,8%i - perinatal davrda yuzaga keladigan holatlardan,
16,6%i - nafas olish a`zolari kasalliklaridan,
11,7%i - tug`ma anomaliyalardan,
2,2%i - baxtsiz hodisa, zaharlanish va jarohatlanishlardan,
2,2%i - yuqumli va parazitar kasalliklardan,
0,8%i - ovqat hazm qilish a`zolari kasalliklaridan,
5,7%i - boshqa kasalliklardan vafot etgan.






