Buyuk britaniyalik rassom Benksning auksionga qo`yilgan “Shar ushlagan qizaloq” kartinasi tasodif tufayli yirtilib ketgan edi, deb xabar qildi Segodnya nashri.
Ushbu san`at asariga qiziqib qolgan xaridor suratga zarar etganiga qaramay, uni sotib olish fikridan qaytmaganini va uni boricha qabul qilishga tayyor ekanini bildirdi. U anchadan beri Benksning ijodini kuzatib kelayotganini hamda uning ishlarini kolleksiya qilayotganini ta`kidlagan. Xaridor kartinani 6 oktyabr kuni Sotheby’s auksionida 1,3 million dollarga sotib olgan.
“Kartinaning yirtilganini ko`rib, shok holatiga tushdim. Keyinroq san`at qadri baribir yo`qolmaganini angladim”, – deydi xaridor ayol.






