Hindistonning Odisha shtatida Titli to`foni vayrogarchiliklarga va muammolarga sabab bo`lmoqda, deb xabar berdi Ria.ru nashri.
5 kishi tabiiy ofat qurboniga aylangani xabar qilinmoqda. 300 mingdan ortiq inson evakuvasiya qilindi. Hozirda oziq-ovqat, dori-darmon etishmasligi bilan bog`liq muammolar bor. Elektr toki uzilgan va daraxtlar ag`darilgan. Shtat bo`ylab oqayotgan loyqa suv deyarli barcha binolarga kirib bormoqda. Shaharlararo qatnovchi barcha poezd va avtobus qatnovlari ham vaqtincha to`xtatilgan.






