Nigeriyada 833 nafar bolalar “Boko Harom” terrorchilik guruhi jangarilari qo`lidan qutqarib olindi, deb xabar bermoqda Ntv.ru nashri.
Ularning 290 nafari qizlar, qolgani esa o`g`il bolalardir. Qutqaruv operasiyasi Mayduguri shahrida bo`lib o`tgan. Ushbu hududda 1,5 mingga yaqin ota-onasiz qolgan bolalar bor. “Boko Harom” terrorchilik guruhi esa aynan shu shaharda faol harakat qiladi. 2017 yilda “Fuqarolik qo`shma maqsadli guruhi” YuNISEF bilan bolalarni yollashni to`xtatish va oldini olish bo`yicha harakatlar rejasini imzolagan. Asir bolalarni ozod qilishda aynan “Fuqarolik qo`shma maqsadli guruhi” tashkilotining ko`ngillilari qatnashgan.






