AsosiyJamiyat

Surxondaryoda uddaburon «tadbirkorlar» aniqlandi

'Surxondaryoda uddaburon «tadbirkorlar» aniqlandi'ning rasmi

Surxondaryo viloyat davlat soliq boshqarmasining soliq sohasida huquqbuzarliklar profilaktikasi bo`limi va hududiy davlat soliq inspeksiyalari xodimlari tomonidan oktyabr oyining birinchi o`n kunligida nazorat tadbirlari o`tkazildi.

Soliq sohasida huquqbuzarliklar profilaktikasi bo`limi boshlig`i A.Karimovning ma`lum qilishicha, tadbirlar davomida belgilangan tartibda davlat ro`yxatidan o`tmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shug`ullanayotgan 17 nafar jismoniy shaxslarning 79 mln. 214 ming so`mlik tovar moddiy boyliklari daliliy ashyo sifatida vaqtincha olib qo`yilgan.

Jumladan, Sho`rchi tumanidagi Shakarko`l mas`uliyati cheklangan jamiyati savdo do`konida o`tkazilgan nazorat tadbirida J.T. hech qanday hujjatlarsiz faoliyat yuritib, 41 mln. 970 ming so`mlik nooziq-ovqat mahsulotlarini savdoga qo`yganligi aniqlangan.

    Boshqa yangiliklar