O`zbekiston milliy terma jamoasi Koreya Xalq Demokratik Respublikasiga qarshi o`rtoqlik o`yinida maydonga tushdi. Vakillarimiz ushbu uchrashuvda raqib ustidan 2:0 hisobida g`alaba qozonishdi. Har ikkala golga Marat Bikmaev mualliflik qildi. Bu milliy terma jamoamizning Ektor Kuper qo`lostida ilk g`alabasi bo`ldi.
O`zbekiston milliy terma jamoasi keyingi uchrashuvni 16 oktyabr kuni Qatar terma jamoasiga qarshi o`tkazadi.
Gollar: Marat Bikmaev 37, - 1:0. Marat Bikmaev 90+1, - 2:0.
O`zbekiston - 1.Ignatiy Nesterov - 24.Davron Hoshimov, 31.Egor Krimes, 5.Anzur Ismoilov, 29.Vladimir Kozak - 7.Azizbek Haydarov (15.Odiljon Hamrobekov, 36), 16.Otabek Shukurov, 9.Odil Ahmedov (22.Javohir Sidiqov, 70), 27.Doston Hamdamov (17.Ivan Nagaev, 67) (6.Husniddin G`ofurov, 83), 14.Eldor Shomurodov (8.Ikrom Aliboev, 66) - 10.Marat Bikmaev
KXDR - 1.Ri Myong Guk (18.Sin Xyok, 46), 3.Jan Kuk Chol, 5.An Song Il, 6.Ri Un Chol, 7.Kang Kuk Chol (2.An Il Bom, 30), 9.Kim Yong Il, 11.Jong Il Gvan, 19.Rim Kvang Xyok, 20.Ri Tong Il, 25.Kim Yu Song, 17.Ri Chag Xo






