AsosiyJamiyat

1 noyabrdan oylik, stipendiya va pensiyalar miqdori oshirildi

'1 noyabrdan oylik, stipendiya va pensiyalar miqdori oshirildi  'ning rasmi

O`zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoev 1 noyabrdan boshlab byudjet tashkilotlari xodimlari ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar hamda nafaqa miqdori 1,1 baravar oshirilishi to`g`risidagi Farmonga imzo chekdi. Hujjat matni O`zAda e`lon qilindi.

Qaror aholi daromadlari va turmush darajasini oshirish, aholining ijtimoiy zaif qatlamlarini davlat tomonidan qo`llab-quvvatlanishini kuchaytirish, shuningdek, mehnatiga kam haq to`lanadigan xodimlar ish haqi miqdorini jadal ravishda oshirishni ta`minlash maqsadida qabul qilingan.

Hujjatga ko`ra 2018 yilning 1 noyabridan boshlab byudjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar hamda nafaqalar miqdori 1,1 baravar oshirilmoqda.

2018 yilning 1 noyabridan boshlab O`zbekiston Respublikasi hududida eng kam ish haqi — oyiga 202 730 so`m; yoshga doir pensiyalar — oyiga 396 500 so`m; bolalikdan nogironlarga beriladigan nafaqa — oyiga 396 500 so`m; zarur ish stajiga ega bo`lmagan keksa yoshdagi va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nafaqa oyiga 243 300 so`m miqdorida belgilandi.

Belgilansinki, ish haqi hamda pensiyalarga qo`shilgan ustama va qo`shimcha haqlarning barcha turlari, eng kam ish haqiga nisbatan belgilangan kompensasiya va boshqa to`lovlar 2018 yilning 1 noyabridan boshlab mazkur Farmonda belgilangan eng kam ish haqi miqdoridan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi.

Mehnatga haq to`lash yagona tarif setkasining quyi razryadlari tarif koeffisientlarini o`rtacha 10 foizga, shu jumladan, 1-razryad bo`yicha 15 foizga, 2-razryad bo`yicha 10 foizga va 3-razryad bo`yicha 5 foizga oshirish orqali mehnatiga kam haq to`lanadigan xodimlarning ish haqi miqdorining jadal ravishda oshirilishini ko`zda tutgan holda 2019 yil 1 yanvardan Mehnatga haq to`lashning yagona tarif setkasini qayta ko`rib chiqilishi ko`zda tutilgan.

O`zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti hisobidan saqlanadigan tashkilotlarda band bo`lgan universal kasblar xodimlari mehnatiga haq to`lashga doir razryadlarni tanqidiy ko`rib chiqsin va 2019 yil 1 yanvaridan ularning yangilanganlarini joriy etiladi.

    Boshqa yangiliklar