AsosiyJamiyat

Mast haydovchi 3 fuqaro va 3 mashinaga zarar etkazdi

'Mast haydovchi 3 fuqaro va 3 mashinaga zarar etkazdi'ning rasmi

Toshkent viloyati Bo`stonliq tumanida haydovchining mastligi sabab ro`y bergan avtotransport hodisasi oqibatida 3 nafar fuqaro jarohatlanib, tuman tibbiyot birlashmasining jonlantirish bo`limiga yotqizildi.

Viloyat ichki ishlar boshqarmasidan ma`lum qilinishicha, qibraylik 24 yoshli D.I. boshqaruvidagi Neksiya rusumli avtotransport vositasi bilan tumanning Qoronqul mahallasi hududida “Matiz“ rusumli avtomashinaning orqa tomonidan to`qnashib ketgan. “Matiz“ boshqaruvi yo`qolib, yo`lda dumalab ketgan va yo`lning o`ng tomonida turgan “Spark“ rusumli avtomashinaga urilgan. Shundan so`ng yo`l chetidagi pastlikka qulagan, deb yozmoqda O`zA.

Mazkur avtotransport hodisasi tufayli “Matiz“ avtomashinasi boshqaruvida bo`lgan D.E. hamda yo`lovchilari O.P. va L.K.lar tan jarohati olib, tuman tibbiyot birlashmasining jonlantirish bo`limiga yotqizilgan.

Olib borilgan o`rganishlar jarayonida haydovchi D.I. transport vositasini mast holatida boshqargani aniqlangan.

Fuqaro D.I.ga nisbatan tegishli tartibda jazo choralari ko`rilmoqda.

    Boshqa yangiliklar