AsosiyJamiyat

O`zbekistonda yil boshidan YTH oqibatida 1 600dan ortiq odam halok bo`lgan​

'O`zbekistonda yil boshidan YTH oqibatida 1 600dan ortiq odam halok bo`lgan​'ning rasmi

2018 yilning o`tgan 9 oyi davomida 6236ta yo`l-transport hodisasi yuz berdi va unda 1 607 nafar inson halok bo`lib, 5 864 nafari turli darajadagi tan jarohatlarini oldi. Bu haqda IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi ma`lumot berdi.

Qayd qilinishicha, 9 oy davomida birgina bolalar ishtirokidagi yo`l-transport hodisalari 968 tani tashkil etgan.

"Ushbu raqamlarni 2017 yilning mos davri bilan taqqoslanadigan bo`lsa, bugunga kelib yo`l-transport hodisalarining yuz berishi va unda jabr ko`rgan insonlar soni kamayishiga erishilgan.

2018 yilning o`tgan to`qqiz oyi davomida yuz bergan hodisalarning aksariyati yo`llarida haydovchilar tomonidan tezlikni oshirilishi, hushyorlikni yo`qotilishi, shuningdek, piyodalarning yo`l harakati qoidalariga rioya qilmay, o`z bilganicha tavsiya qilinmagan joylardan yo`llarni kesib o`tishi natijasida sodir bo`lgan", - deyiladi IIV xabarida.

    Boshqa yangiliklar