Meksika polisiyasi 20 nafar ayolni o`ldirishda gumon qilib er-xotinni hibsga oldi, deb xabar berdi RIA Novosti nashri.
Bu juftlik qotillik bilan birga, 2 nafar chaqaloqni ham sotishga uringan. Go`daklar sog`-salomat o`z oilalariga topshirilgan. Polisiya bergan ma`lumotga qaraganda, ular jinoyatchilarni bedarak yo`qolgan ayollarni qidirish vaqtida qo`lga olishgan. Jinoyatchilar o`z qurbonlarining tana a`zolarini shaharning turli hududlariga ko`mishgan. Qotillik sabablari hozircha noma`lum.






