AsosiyJamiyat

“Samarqand she`r oqshomlari” turkiyzabon yoshlar anjumanida ishtirok etishni xohlaysizmi?

'“Samarqand she`r oqshomlari” turkiyzabon yoshlar anjumanida ishtirok etishni xohlaysizmi?'ning rasmi

Adabiyotga, she`riyatga oshnomisiz?

Ijod bilan shug`ullanasizmi?
Unday bo`lsa, O`zbekiston yoshlar ittifoqi qoshidagi Respublika yosh ijodkorlar Kengashi sizga imkoniyat beradi.

14-16 noyabr kunlari ko`hna Samarqandda “Samarqand she`r oqshomlari” turkiyzabon yoshlar anjumani bo`lib o`tadi.

Anjumanda turli respublikalardan tashrif buyurgan ijodkor-yoshlarning ham ishtirok etishi kutilmoqda.

Siz ham she`riyat maydonida o`zingizni sinamoqchi bo`lsangiz, quyidagi hujjatlarni 25-oktyabrga qadar +998954757572 telegram manziliga yuboring:
1. Ijodingizdan beshta namuna (faqat she`r);
2. Pasport nusxasi;
3. Telefon raqami.

Batafsil ma`lumot uchun tel: +998954757572

    Boshqa yangiliklar