AsosiyDunyo

Hindistonda poezd relsdan chiqib ketdi, qurbonlar bor

'Hindistonda poezd relsdan chiqib ketdi, qurbonlar bor'ning rasmi

Hindiston shimolida yo`lovchi poezdi relsdan chiqib ketishi oqibatida 30 kishi turli darajada jarohat olgan, qurbonlar 7 nafar, deb xabar beradi NDTV telekanali.

Tekanal ma`lumotlariga ko`ra, baxtsiz hodisa bugun ertalab Uttar-Pradesh shtatining Ray-Bareli shahrida sodir bo`lgan.

Qayd etilishicha, hozirda voqea joyida qutqaruvchilar ish olib bormoqda. Jabrlanganlar shifoxonaga etkazilgan. Vaqt o`tgan sayin kurbonlar soni oshib borishi mumkin.

Malda shaharchasidan (Janubiy Bengaliya) mamlakat poytaxti Nyu-Dehliga yo`l olgan poezdning relsdan chiqib ketishi sabablari noma`lum. Bu bo`yicha surishtiruv olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar