Shu kunlarda Markaziy Amerikada shiddatli suv toshqinlari va ko`chkilarga sabab bo`layotgan yog`ingarchiliklar davom etmoqda, deb xabar berdi RIA novosti nashri.
Tabiiiy ofat Kuba, Meksika, Gonduras va AQShning Florida shtatini qamrab olgan. Toshqin ro`y bergan joylardan jami 7 ming kishi evakuasiya qilindi.
Ma`lumotlarga ko`ra, Nikaraguada baliqchilar qayig`i ag`darilishi tufayli 27 kishi tan jarohati olib, shifoxonaga olib ketildi. Kosta Rikada bir bola bedarak yo`qolgan.






