8 oktyabr kuni, soat 09:30larda Pop tumani Uyg`ur qishlog`i hududida joylashgan qo`riqlanadigan temir yo`l kesishmasida davlat raqami 50 A 687 LA “Damas” avtomashinasi svetoforning qizil chirog`ida harakatlanib, “Qo`shminor-Pop-2” yo`nalishi bo`yicha harakatlanayotgan 3008-sonli yuk poezd bilan to`qnashuv sodir etgan.
Bu haqda Namangan viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar berdi.
Yo`l-transport hodisasi natijasida “Damas” avtomashinasida bo`lgan 2 nafar fuqaro vafot etgan va 5 nafar fuqaro tan jarohati olgan.






