AsosiyJamiyat

Samarqand viloyati hokimi shahar aholisi bilan sayyor qabul o`tkazadi

'Samarqand viloyati hokimi shahar aholisi bilan sayyor qabul o`tkazadi'ning rasmi

Shu yil 12 oktyabr kuni soat 9:00 dan boshlab Samarqand viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Erkinjon Turdimov rahbarligida viloyat tashkilotlari mutasaddilari bilan birgalikda Samarqand shahri aholisi uchun Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Samarqand filiali qoshidagi akademik lisey binosida sayyor qabul o`tkaziladi. Bu haqda viloyat hokimining Facebook’dagi sahifasida ma`lum qilindi.

Sayyor qabulda o`zingizni qiynayotgan muammo, taklif va mulohazalar bilan murojaat qilishingiz mumkin.

Manzil: Samarqand shahri, Sartepa massivi, Turkiston ko`chasi, 3-uy.

Mo`ljal: Tramvay yo`lining oxirgi halqasi.

Ma`lumot uchun telefon: 0(366)-235-62-36

    Boshqa yangiliklar