AsosiySport

Buenos-Ayres 2018. Nilufar Ermagambetova bronza medali sohibasi

'Buenos-Ayres 2018. Nilufar Ermagambetova bronza medali sohibasi'ning rasmi

Argentina poytaxti Buenos-Ayres shahrida III yozgi o`smirlar Olimpiya o`yinlari davom etmoqda.

Kecha taekvondochimiz Ulug`bek Rashitov kumush medalni terma jamoamiz hisobiga qo`shib qo`ygandi.

Bugun esa dzyudochimiz Nilufar Ermagambetova sovrindorlar qatoridan o`rin oldi. Hamyurtimiz ilk jangida panamalik raqibasini mag`lubiyatga uchratdi.

Yarim finalda esa mo`g`ulistonlik sportchiga imkoniyatni boy berdi. Bronza medali uchun kechgan jangda esa u Puerto-Riko vakilasi Seiri Kolonni mag`lub etdi va sovrindorlar qatoridan joy oldi.

Shu tariqa O`zbekiston terma jamoasining o`smirlar Olimpiya o`yinlaridagi medallari soni ikkitaga etdi.

    Boshqa yangiliklar