AQSh davlat kotibi Mayk Pompeo va Shimoliy Koreya etakchisi Kim Chen Inbilan uchrashish uchun Pxenyanga etib keldi, deb xabar berdi TASS nashri.
Kim Chen In va Pompeo o`rtasida o`tgan uchrashuvda bir qator ikki tomonlama masalalar muhokama qilindi.Xususan, tomonlar mamlakatlar o`rtasida yangi sammit o`tkazish imkoniyati to`g`risida fikr almashishdi. Shuningdek, Pompeo va Kim Chen In Yonbyondagi yadroviy ob`ektni buzib tashlash hamda urush tugagani bo`yicha deklarasiyani qabul qilish masalasini ham muhokama qildilar. Eslatib o`tamiz, avvalroq KXDR asosiy raketa poligonini buzish ishlarini to`xtatib qo`ygandi.






