Afg`onistoning Vardak viloyatida “Tolibon” radikal harakati jangarilari tomonidan hujum uyushtirildi, deb xabar berdi TASS nashri.
Buning oqibatida eng kamida 10 nafar polisiya xodimi halok bo`ldi. Ma`lumotlarga ko`ra, jangarilar Sayidobod tumanidagi nazorat punktiga hujum qilib, odamlarni o`qqa tutgan. Bunga javoban polisiya ham bir necha jangarini yo`q qildi. Manbaning xabar berishicha, tolibonlar ko`prikni ham portlatgani aytilmoqda.






