Toshkent shahar hokimligining Facebook’dagi sahifasida poytaxt aholisining ko`plab murojaatlarini hisobga olgan holda Mizro Ulug`bek tumanida Movarounnahr va Abdulla Qodiriy ko`chalari oralig`ida yangi yo`l ochilishi haqida ma`lumot joylashtirilgan edi.
27 sentyabrdan ushbu hududda yo`l qurish ishlari boshlandi. Ishlar davomida yo`l o`tishi rejalashtirilgan maydonning er ostida shaharni katta qismini ichimlik suvi bilan ta`minlovchi kommunikasiyalar borligi aniqlandi.
Mutaxassislar fikriga ko`ra mazkur hududda yo`l qurilishi uchun ushbu kommunikasiyalar boshqa erga ko`chirilishi lozim. Ko`chirish ishlariga esa vaqt va katta mablag` talab etiladi.
Qisqa vaqt oralig`ida bunday hajmdagi ishlarlarni yakunlashning iloji yoqligi sababli, yo`l qurilishi ishlari vaqtincha to`xtatilishi ma`lum qilinadi. Hozirda bu hududda obodonlashtirish va ko`kalamzorlashtirish ishlari olib borilmoqda.






