Xitoyning Chjeszyan provinsiyasiga Kongrey nomli yangi to`fon yopirilish xavfi bor, deya xabar qilmoqda TASS nashri.
Shu sababli hozirda hududda tabiiy ofatga tayyorgarlik ishlar olib borilmoqda. Portlar yopilgan va kemalar qirg`oqqa chaqirtirib olingan. Ma`lumotlarga ko`ra, 4,800 ta baliqchilar va 600 ta yo`lovchi tashuvchi kemalar faoliyati vaqtinchalik to`xtatildi. Ma`lumotlarga ko`ra, bo`ron kuchli bo`lishi kutilmoqda. Ayni damda uncha kuchli bo`lmagan shamol va yog`ingarchili kuzatilmoqda.






