AQShning Nyu-York shahrida “Garri Potter: sehrgarlik tarixi” nomli ko`rgazma o`z ishini boshladi, deya xabar qilmoqda NTV.ru nashri.
Unda Garri Potterga tegishli barcha buyumlar va voqealar aks etgan suratlarni ko`rish mumkin. Roman muallifi Joanna Rouling ko`rgazma uchun kitoblarning asl nusxasini taqdim etdi. Bu erda tashrif buyuruvchilar o`zlarini xaqiqiy sehrli olamda his qilishlari uchun 3d texnalogiyalaridan ham foydalanilgan. Mazkur ko`rgazma 2019 yilning 27 yanvariga qadar davom etadi.






