Mart oyida tahminan Hind okeani maydoniga qulagan Malaysia Airlines aviakompaniyasining Boeing 777 layneri qidiruv ishlari sentyabr oyi oxirlarida davom ettiriladi. Bu haqda Assoshieyted Press agentligi xabar beradi.
Avstraliya transport xavfsizligi byurosi boshlig`i Martin Dolanning ma`lum qilishcha, 30 sentyabr kuni tahminan samolyot qulagan hududga uchta kema yuboriladi. Shuningdek, qidiruv hududini janub tomonga surish rejalashtirilmoqda.
Eslatib o`tamiz, 24 mart kuni Malayziya bosh vaziri va Malaysia Airlines aviakompaniyasi samolyot halokatga uchragani va uning bortidagi barcha yo`lovchilar va ekipaj a`zolari halok bo`lganini ma`lum qilgan edi.
Malayziya aviakompaniyasiga qarashli bo`lgan samolyot 8 mart kuni parvozga chiqqanidan ikki soat o`tgach, sirli tarzda g`oyib bo`lgan. Layner bortida 227 nafar yo`lovchi hamda 12 ekipaj a`zosi bo`lgan.





