Tarkibiga “MTS” kirishi rejalashtirayotgan “Universal Mobile System” aloqa operatorining raqamlar hajmi faoliyatining birinchi bosqichida 2,5 milliontani tashkil qiladi. Bu haqda “RIA Novosti” agentligiga tayanib, Gazeta.Uz xabar beradi.
Xabarda yozilishicha, O`zbekiston Respublikasi aloqa, axborotlashtirish va telekommunikasiya texnologiyalari davlat qo`mitasi “UMS” aloqa operatori faoliyatining birinchi bosqichida Toshkent shahri uchun 1,5 millionta raqam ajratgan, qolgan raqamlar esa respublikaning boshqa hududlariga bo`linib beriladi.
Eslatib o`tamiz, “Sistema” aksiyadorlik moliya korporasiyasining ma`lum qilishicha, korporasiya egasi Vladimir Evtushenkovning hibsga olinishi O`zbekistonda aloqa operatorini ochish rejasiga hech qanday ta`sir o`tkazmasligi kerak.





