AsosiyDunyo

Euronews telekanalida O`zbekistonning sayyohlik salohiyati tasvirlangan videorolik namoyish etilmoqda

Evropaning eng yirik axborot telekanali Euronews 2014 yilning sentyabr oyidan e`tiboran O`zbekistonning sayyohlik salohiyatini reklama qiluvchi videorolik namoyishini boshladi. Bu haqda “O`zbekturizm” kompaniyasi rasmiy sayti xabar beradi.

Aytish lozimki, yaqin kunlarda telekanal bilan hamkorlik doirasida Toshkentning sayyohlik salohiyati har tomonlama yoritiladigan yangi Sity-tour sahifasini uzatish rejalashtirilgan. Shu bilan birga, “Life” sahifasi doirasida translyasiya qilinadigan “O`zbekcha hayot” videolavhalari orqali tomoshabinlar O`Zbekistonning tarixiy obidalari, madaniyati aks etgan Samarqand, Buxoro, Xiva shaharlari bilan tanishishlari mumkin.

Ushbu videorolikni namoyish etishdan maqsad dunyoning rivojlangan mamlakatlari qatori O`zbekistonni dunyoga tanitish, uning madaniyati, urf-odatlari, san`ati bilan tanishtirish va sayyohlarni jalb qilishga qaratilgan.

Qayd etish joizki, kun davomida Euronews telekanali orqali 155 mamlakatning madaniyat, ilm, yangiliklar, ob-havo va boshqa sohalarga oid ko`rsatuvlarini dunyoning 13 tilida translyasiya qiladi. Ushbu telekanal hozirda 370 milliondan ortiq tomoshabinlarni ana shunday bir-biridan qiziq va foydali ko`rsatuvlar, lavhalar bilan o`z auditoriyasida ushlab turibdi.

    Boshqa yangiliklar