Bugungi kunda Ebola virusining tarqalishi va u tufayli hayotdan ko`z yumgan qurbonlar haqida internet nashrlarida muntazam ravishdagi ma`lumotlar chop etib kelinmoqda. 2014 yilning 17 sentyabrida Atlantada Ebola virusini nazorat qilish va oldini olish markaziga bo`lgan tashrifi chog`ida AQSh prezidenti Barak Obama Ebola virusi haqidagi xavotirli fikrlarini bildirdi, deya xabar beradi lenta.ru nashri.
“G`arbiy Afrikani butunlay qamrab olgan Ebola virusining nazorati izdan chiqmoqda. Afsuski, mamlakat aholisining hayoti esa xavf ostida qolmoqda. Agar virusni yo`q qilish imkoni topilmasa, qisqa muddat ichida u minglab insonlarning o`limiga sabab bo`lishi ehtimoldan holi emas. Bundan tashqari Ebola virusi iqtisodiyot, siyosat, xavfsizlikka o`z ta`sirini o`tkazmay qolmasligini ham alohida aytib o`tish joiz” deya fikr bildirdi Barak Obama.
16 sentyabr kuni Barak Obama G`arbiy Afrikaga 3 ming nafar harbiylarni Ebola virusiga qarshi kurashish uchun yuborgani va keng miqyosda gigienik ta`lim borasidagi tibbiyot kurslarini yo`lga qo`ydi. Ebola virusi 2014 yilning fevral oyida Gvineyada paydo bo`ldi. Keyinroq virus Serra-Leon, Liberiya, Nigeriyaga, avgust oyining oxiri sentyabr oyining boshlarida esa Ebola Kongo Demokratik Respublikasi hamda Senegalga ham tarqalgani ma`lum bo`ldi.
BMT ma`lumotlariga ko`ra, ayni damgacha 4985 kishi Ebola bilan kasallangan shaxslar sifatida ro`yxatga olingan, ularning taxminan 2,5 ming nafari ushbu virus tufayli nobud bo`lgan.





