AsosiyJamiyat

2014 yil boshidan O`zbekiston aholisi 210 000 kishiga ko`paydi

2014 yilning 1 iyuliga qadar Respublikada doimiy ravishda yashovchi aholi soni taxminan 30,702 million kishini tashkil etgan. Bu yil esa ushbu ko`rsatkich yana 210 000 kishiga, boshqacha qilib aytganda 0,7 foizga ko`paydi, deya yozadi Podrobno.uz  Davlat statistika qo`mitasi bergan ma`lumotlarga tayanib.

Shahar aholisi 15,633 million kishini, qishloq aholisi esa 15,069 million kishini tashkil qildi. 2014 yil yanvar-iyul oylarida esa yangi tug`ilgan chaqaloqlar soni 298,8 ming kishiga etdi.

2013 yili esa ushbu ko`rsatkich 272,8 kishini tashkil qilgan edi. Bu esa joriy yilda o`tgan yilgidan 24 000 nafar ko`p bolalar dunyoga kelganidan dalolat beradi. 

    Boshqa yangiliklar