AsosiyShou-biznes

AQShning eng mashxur teleboshlovchilaridan biri Joan Rivers vafot etdi

Amerika telekanallarining eng obro`li va mashxur teleboshlovchilaridan biri bo`lmish Joan Rivers 81 yoshida olamdan o`tdi. Bu haqda www.spletnik.ru nashri xabar beradi.

Fashion Police  dasturining boshlovchisi Joan Rivers Nyu-York klinikalarining birida ovoz paychalari ustida o`tkazilayotgan jarrohlik amaliyoti vaqtida uning nafas olishi qiyinlashgan va bir muddat u koma holatida yotgan.

4 sentyabr kuni Joanning holati biroz yaxshilangandek bo`ldi, biroq mo``jiza yuz bermadi. Ayni damda jurnalistning oila a`zolariga barcha gollivud yulduzlari hamdardlik bildirishmoqda. 

    Boshqa yangiliklar