AsosiyJamiyat

O`zbekiston Respublikasi delegasiyasi NATO Sammitida ishtirok etdi

4-5 sentyabr kunlari Buyuk Britaniyada NATO Sammiti bo`lib o`tishi haqida xabar bergandik.

2014-yilning 4-sentyabr kuni Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov boshchiligidagi O`zbekiston Respublikasi delegasiyasi Uelsdagi (Buyuk Britaniya) NATO Sammitining Afg`oniston masalasi bo`yicha maxsus yig`ilishda ishtirok etdi. Bu haqda O`zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar beradi.

“Xavfsizlikka ko`maklashuvchi xalqaro kuchlar (ISAF) faoliyatiga hissa qo`shayotgan Alyansning a`zo davlatlari va hamkorlik sheriklari vakillari bir qator taklif etilgan mamlakatlar va xalqaro tashkilotlar ishtirokida Afg`onistondagi vaziyatni barqarorlashtirish va uni ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan tiklash masalalarini ko`rib chiqdilar”,-deyiladi xabarda.

Yig`ilish yakunida Afg`oniston bo`yicha NATOning Uels Sammiti Deklarasiyasi qabul qilindi.

    Boshqa yangiliklar